"Xayir bog'cham salom maktab "deb nomlangaqn tadbir.
Xorazm viloyati Xonqa tuman Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 15-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida ‘’Xayr bog’cham, salom maktab ‘’ bayramiga bag’ishlangan yig’ilish
B A Y O N N O M A S I №
15-iyun 2022-yil Xonqa tuman Sarapayon qishlog’i
Raislik qildi: Z.Boltayeva Xonqa tuman 15-son
son direktori
Kotib: K.Rahimova Xonqa tuman 15-son
MTT katta tarbiyachisi
Qatnashdilar: 15-son MTT tarbiyachilari,
Uslubchi, hamshira, psixolog va
tarbiyalanuvchilar
K U N T A R T I B I :
‘’Xayr bog’cham, salom maktab’’ bayramiga bag’ishlangan Xonqa tuman Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 15-son MTT da bannerlar tashkillashtirilib , ‘’ Xayr bog’cham, salom maktab’’ mavzusida tadbirlarni o’tkazish to’g’risida .
E SH I T I L D I :
Yig’ilishni ochib berish uchun so’z MTT direktori Z. Boltayevaga berildi:
Assalomu alaykum , aziz, jajji bolajonlar, mehridaryo, qalbi qaynoq , tinib-tinchimas muhtarama hamkasblar. Mana bugun ‘’Xayr bog’cham, salom maktab’’ bayrami munosabati bilan tadbir uyushtirdik.Yillar davomida bolajonlarimiz olgan bilim va iste’dodlarini namoyish etadilar. Bugungi kun hech bir bolajonlarimizning esidan chiqmaydi. Yaqinda sizlar kichkinagina bola edinglar, endichi qaranglar katta o’g’il qizlar bo’lib maktab ostonasiga yo’l olmoqdasizlar. Bog’chada sizlar sanashni, o’qishni, kuylashni, she’rlar aytishni, ertaklar so’zlab berishni , asosiysi harflarni o’rgandinglar. Maktabda bo’lsa yanayam ko’p narsalarni o’rganasizlar. Sizlarga kelgusi o’qishlaringizda omad yor bo’lsin deb o’z so’zini yakunladi.
Tadbirda bolajonlar bir-biridan ajoyib kuy-qo’shiqlar aytishib , raqsga tushishib bayramimizning ko’rkiga ko’rk qo’shishdi. Tadbirimiz davomida MTT uslubchisi K.Rahimova ham so’zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.Aziz bolajonlar, bizga shunday sharoitlarni yaratib berayotgan prezidentimiz SH. Mirziyoyevga minnatdorchiliklar bildiramiz. Chunki sizning shodon mustaqil O’zbekistonimizning yetuk farzandi bo’lib yetishlaringizda o’z kuch, g’ayratlarini ayamay ish yuritmoqdalar deb ta’kidlab o’tdi.
Xonqa tuman Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 15-son MTT xodimlari tomonidan takliflar kiritildi va shu kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasida bildirilgan fikr- mulohazalardan kelib chiqib, yig’ilish
Q A R O R Q I L A D I:
1. ‘’Xayr bog’cham, salom maktab ’’ mavzusida Xonqa tuman Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 15-son MTT da bannerlar tashkillashtirilsin.
2. . ‘’Xayr bog’cham , salom maktab’’ mavzusida tadbirlarni o’tkazishni nazorat qilish 15-son MTT uslubchisi
K. Rahimova zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu yig’ilish qarorini nazorat qilishni shaxsan o’z zimmamga olaman .
YIG’ILISH RA ISI : Z. Boltayeva
YIG’ILISH RAISI KOTIBI: K.Rahimova
